Технологии
12 декабря 2023
views92

тестовый заголовок

article-image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi va O‘zXDP yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov 2019 – yilda bo’lib o’tgan saylovoldi dasturida Toshkent shahrida oyiga 2,5 million so‘m maosh oladigan bitta boquvchi besh kishilik oilani bemalol boqishi mumkinligini aytib o’tgan edi. Bu pulga Iste'mol savatining 110-120 ta zarur mahsulotini sotib olish mumkinligini iqtisodchilar hisoblab chiqqanligini ta’kidlab o’tgan. 

Keling 2024 yilga kelib bir kishi 500.000 emas hech bo’lmasa 600.000 ga yashay oladimi - yo’qmi, hisoblab chiqamiz.

Bir oylik menyu narhi

Bir haftada bir harajat qilsangiz 7 yoki 14 kunlik menyuni oldindan hisoblab, shunga yarasha mahsulotlarni sotib olgan maqul. Muddati tez tugaydigan mahsulotlarni faqat 2-3 kunda sotib olgan maqul, aks holda mahsulotlar isrof bo’lishi xavfi bor.

Misol uchun bir kishiga 2 haftalik sog’lom menyu uchun o’rtacha ushbu mahsulotlar kerak bo’ladi: (eng arzon go’sht) 1,5 kilo tovuq go’shti  - 100.000 so’m, 2 kilo meva (barcha mavsum uchun eng arzon semerenko olma) - 35.000 so’m, 20 ta tuxum -  47.000 so’m 1 kilodan mavsumiy sabzavot (salat va ovqat uchun) - 40.000 som, 200 gr sariyog’ - 15.000 so’m, non va non mahsulotlari - 25.000 so’m, 1 kilo guruch - 22.000 so’m, 800 gramm makaron - 17.800 so’m, yarim litr yog’ - 11.800 so’m. 

Ushbu iste’mol savati minimum mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Shirinlik, sut mahsulotlari kabi qo’shimcha kerakli oziq-ovqatlarni hisoblamaganimizda ham 2 hafta uchun bitta odamga o’rtacha 353.600 so’m ketadi. 4 hafta uchun esa eng kami 700.000.

Albatta bir oy faqat makaron, kartoshka, sabzi, piyoz bilangina ovqatlansa ham bo’ladi, shunda 500.000 so’mga ham ovqatlansa bo’ladi, lekin, bu sog’lig’ingiz uchun jiddiy stress bo’lib, kelajakda dorilarga ko’proq pul sarflashingizga to’g’ri keladi.

Uyda ovqatlanish arzonroqmi?

Agar kuniga 3 mahal ko’chada ovqatlansangiz, uyda ovqatlanishgaa solishtirganda 3 baravar ko’proq pul ketishi ehtimoli katta. Misol uchun o’rtacha oshxonada 1 mahal choy va non bilan biron ovqat olish o’rtacha 38.000 so’m tursa, uyda tayyorlangan ovqat narhi kuniga 38.000 va bazida bundan ham kamroq chiqishi mumkin.

Misol uchun, ichimlik va salatsiz:

Uyda ovqat tayyorlashning noqulay tomoni shundaki, agar bir o’zingiz yashasangiz va kuni bo’yi ishlasangiz bunga vaqtingiz qolmaydi. 

Albatta ko’chada oshxonada uy taomlarini emas 2.000 so’mga pirojki yoki 4.000 so’mga gumma sotib olib tanovul qilsangiz ham bo’ladi. Lekin kuniga bir necha mahal bunday qovurilgan va yog’li taomlarni yeyish sog’lig’ingizga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada, yuqorida aytib o’tganimizdek, pul tejayman deb keyinchalik jigar yoki oshqozoningizni davolashingiz ancha qimmatga tushadi.

Pulni qanday tejash mumkin?

Yuqoridagi hisob-kitoblarga ko’ra nisbatan sog’lom eng tejamli menyu bir kishiga 700.000 ga to’gri kelsa, to’liq sog’lom menyu bir kishiga oyiga 1000.000 so’mdan boshlanadi. 

Bu pulni mahsulotlar savatining sifatini yo’qotmasdan turib ozgina bo’lsa ham tejasa bo’ladi. 

Qadoqlangan emas, kiloli mahsulotlarni bozordan sotib oling

Magazin va supermarketlarga yetib kelgunicha mahsulotlar bir nechta sotuvchi qo’lidan o’tadi, biz har bir sotuvchi uchun qo'shimcha pul to'laymiz. Ulgurji omborga borib, arzonroq mahsulotlarni sotib ololmaysiz. Shuning uchun, yetkazib beruvchidan do'konga kelgunicha mahsulot yo’li qanchalik qisqa bo'lsa, shuncha yaxshi. Bozorda yoki keng tarmoqqa ega oddiy do'konda harajat qilish arzonroq.

Yana, mahsulot ishlab chiqaruvchi o'zining barcha xarajatlarini narx ichiga kiritadi. Shu sababli kiloli mahsulotlar qadoqlanganlarga qaraganda arzonroq.

Foto: google.comFoto: google.com

Mavsumiy mahsulot sotib oling

Haridor mahsulotni saqlash, yetkazib berish va ommabopligi uchun qo'shimcha haq to'laydi. Shuning uchun mavsumiy va mahalliy mahsulotlarni sotib olish yaxshiroqdir. Yozda torvuz, shaftoli, uzum, pomidor va bodring sotib olsangiz, noyabrdan boshlab - olma, karam, lavlagi, oshqovoq kabi mavsumiy mahsulotlarni sotib oling. 

Albatta qishda bir kilo qulupnay olib yesangiz ham bo’ladi, lekin bu pulga bir haftalik meva va sabzavot olish mumkinligi yodingizda bo’lsin.

Odatiy mahsulotlarni tanlang

Kartoshka, sabzi, lavlagi, piyoz va turp oddiy taomlar sifatida mashhur. Lekin ularni ko’pchilik nazariga ilmasligi mumkin. Biz delikates deb hisoblagan taomlar esa o'z mamlakatlarida oddiy mahsulot bo'lishi mumkin - Fransiyadagi kashtan yoki Lotin Amerikasidagi kinoa kabi. 

Oddiy mahalliy mahsulotlar import mahsulotlaridan ko’ra yomon emas. Agar o’ziga xos taomni xohlasangiz, internetdagi retseptlar yordamida oddiy mahsulotlardan ham g'ayrioddiy taom tayyorlash mumkin.

Mashhur bo'lmagan mahsulotlar ham arzon va kutilmagan darajada mazali bo'lib chiqishi mumkin. Jigar laqm go’shtidan ko’ra arzonroq bo’lganiga qaramay, undan ajoyib taomlar tayyorlasa bo’ladi. 

Foydasiz lekin mazali mahsulotlarga kelsak, ularni me’yorida tanovul qilish cho’ntagizga ham, sog’lig’ingizga ham katta zarar yetkazmaydi. Misol uchun shokolad, chips va kola kabi mahsulotlarni bir haftada bir istemol qilsangiz, ularni oldindan rejalashtirib, menyuingizni tuzing.

Оставьте комментарий
Все комментарии проходят модерацию перед публикацией