Texnologiyalar
31 iyul
views54

Maishiy texnika copy

O‘zbekistonga olib kiriladigan sovutkich, muzlatkich va konditsionerlar energosamaradorlik bo‘yicha sinovdan o‘tkazila boshlandi. Bu sinovni faqat bitta korxona o‘tkazayotgani uchun tovarlar bojxona omborida uzoq qolib ketyapti, natijada omborda saqlash xarajatlari oshyapti. Qolaversa, sinovning o‘zi uchun ham to‘lov qilish kerak. Kun.uz bu borada surishtiruv olib bordi
article-image

2024 yil fevral oyidan boshlab O‘zbekistonga olib kiriladigan sovutkich, muzlatkich va konditsionerlar energosamaradorlik bo‘yicha sinovdan o‘tkazila boshlandi. Bu sinov bayonnomasini olmasdan turib, ularga muvofiqlik sertifikati berilmaydi va tovarni O‘zbekistonda sotish mumkin bo‘lmaydi.

Bu haqda Kun.uz'ga bir nechta maishiy texnika importyorlari ma’lum qildi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, sinov bayonnomasini olish qimmatga tushyapti, chunki energosamaradorlik bo‘yicha faqat bitta korxona – “O‘zeltexsanoat” uyushmasi huzuridagi “Eltech-Lab” MChJ sinov bayonnomasini bera oladi. Test natijalari chiqishi sovutkich va muzlatkichlar uchun 13 sutkani, konditsionerlar uchun esa 3-4 sutkani tashkil qiladi. Laboratoriya atigi bitta bo‘lgani uchun hozirda 30 dan ziyod importyorlar navbati kelishini kutayotgani aytilmoqda.

“Men hozir konditsioner olib kirsam, “Eltech-Lab” 1 oyda navbatingiz keladi deydi, navbatim kelganidan keyin kamida 3 sutka yana kutishim kerak. Ungacha tovarim bojxona omborida turadi”,  deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan tadbirkor.

Yana bir tadbirkorning aytishicha, “tanish-bilish” bo‘lgani uchun u kamida 1 oy kutishi kerak.

“Tanish-bilish bo‘lgani uchun 1 oy kutishim kerakligini aytishdi, tanish bo‘lmaganlar 2 oy kutishini aytishmoqda. 2 oydan keyin navbat kelsa, sovutkich uchun 13 sutka, juda cho‘zilsa 18 sutkada sinov natijalari chiqarkan. Bungacha olib kelgan tovarim bojxona omborida turadi, har bir kun uchun to‘lov hisoblanib ketaveradi”, deydi u. 

Hozircha “Eltech-Lab” faqat sovutkich, muzlatkich va konditsionerlarni sinovdan o‘tkazmoqda.

Tadbirkorlarni norozi qilayotgan yana bir jihat – sinovdan o‘tkazish to‘lovining qimmatligi. Ma’lum bo‘lishicha, bir turdagi konditsionerni sinovdan o‘tkazish to‘lovi 3 mln 800 ming so‘mni, sovutkich esa 9 mln 700 ming so‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, tadbirkor bir xil markali maishiy texnika import qilsa-da, har bir partiyada kelgan tovar qayta va qayta sinovdan o‘tkazilishi kerak.

Barcha tadbirkorlar uchun bitta laboratoriya ishlagani sababli navbati kelishini kamida bir oy kutishga majbur bo‘ladigan tadbirkorlarning tovarlari sinov natijalari chiqquncha bojxona omborida turishi kerak.

Kun.uz'ning aniqlashicha, 120 kub tovar (tadbirkorlar asosan shu hajmda tovar olib kirishini aytmoqda) bir kun bojxona omborida turishi 120 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu bir oy uchun tadbirkorga 3 mln 600 ming so‘m ortiqcha to‘lov degani.

Bu talab qayerdan paydo bo‘ldi?

2019 yildagi 4422-sonli prezident qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boshlab ilgari foydalanishda bo‘lgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi “B” va undan quyi toifadagi energiya sarflovchi maishiy elektr priborlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlanadigan energiya samaradorligi “B” va undan quyi toifadagi energiya sarflovchi maishiy elektr priborlari ro‘yxatiga 18 turdagi texnikalar kiritilgan. Bular – markaziy isitish qozonlari, havo tortish kolpaklari, konditsionerlar, sovitkichlar, muzlatkichlar, suv isitkichlari, idish yuvish mashinalari, kir yuvish mashinalari, changyutkichlar, mikroto‘lqinli pechlar, monitorlar, maishiy statsionar elektr plitalar kabilardir.

E’tiborlisi, 2024 yil 10 yanvarda qabul qilingan 15-sonli qarorda 2024 yilda “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga “Eltech-Lab” MChJda sinov laboratoriyasini jihozlash uchun davlat budjetidan bosqichma-bosqich 25 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

15-sonli qaror mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi imtiyozlar paketini taqdim etishi va importga qo‘shimcha talablar kiritishi bilan yanvar oyida muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Keyinchalik bu hujjatning ayrim qismlari Adliya vazirligi ekspertizasidan o‘tkazilmagani, hujjatning o‘zi esa Savdo-sanoat palatasi va Prezident huzuridagi kengash bilan kelishilmagani ma’lum bo‘ldi.

 
Фото во весь экран UZ
Фото во весь экран UZ

Тестовый блок перелинковки uz

Tish shifokoriga tashrif buyurganingizga qancha vaqt bo'ldi?

Shu oy
O'tgan oy
Bir necha oy avval
Bir necha yil oldin

Valyutalar konverteri

USD
Фараон копит деньги на пирамиду, но их съедает инфляция, над которой не властны даже египетские боги. Поможем ему выбрать выгодный кредит. В каком варианте переплата будет меньше?
1/5
Фараон копит деньги на пирамиду, но их съедает инфляция, над которой не властны даже египетские боги. Поможем ему выбрать выгодный кредит. В каком варианте переплата будет меньше?
На 10 лет под 10% годовых
На пять лет под 15%
Неважно, переплата будет одинаковой
dsadsa
Barcha sharhlar chop etilishidan oldin moderatsiyadan o'tadi